Телеграм

urikguli

@Urik_guli Экология и природа
РКН: проверяем Не иноагент
ekofaol•mustaqil jurnalist•ona
📞@urikguli
🌱Donatlar uchun:
https://taps.uz/urikguli

Статистика обновлена 12.11.2026 в 21:57 · 2 просмотра страницы · Хотите больше просмотров?

Подписчики5 724
Охват поста4 236 74% от подписчиков
ERR за месяц74,00%
ERR за 24 часа15,39%

Динамика за 30 дней

Рекламные публикации

Рекламных публикаций не найденоЗа последнее время мы не нашли на площадке ни одного рекламного поста.

Последние публикации

Все посты канала →
urikguli tg5.7 тыс. подписчиков
Открыть пост ↗
☀️💸“Qimmatchilik”da global isishning ham hissasi bor

📈 “Iqlimflyatsiya” (“Climateflation”) ro‘y bermoqda.
Iqlim o‘zgarishi butun dunyoda oziq-ovqat narxlarining oshishiga sabab bo‘ldi. 2026-yilda bu omil narxlarni o‘rtacha 11,8 foizga oshirishi mumkin.

🍱Eng ko‘p narxi oshayotgan mahsulotlar:
• Myusli va donli nonushtalar;
• Sut;
• Makaron;
• Non.


❓Oziq-ovqat narxlarining oshishiga nima sabab bo‘lmoqda?
• O‘rmon yong‘inlari, qurg‘oqchilik va suv toshqinlari hosildorlikka zarar yetkazmoqda;
• Qishloq xo‘jaligi ekinlarini sug‘urtalash xarajatlari oshmoqda;
• Oziq-ovqat mahsulotlarini sovuq holatda saqlash uchun ko‘proq energiya talab etilmoqda.


⚠️ Vaziyat yanada og‘irlashishi mumkin.
• 2035-yilga borib, global isish oziq-ovqat narxlarining yiliga qo‘shimcha 0,9–3,2 foizga oshishiga olib kelishi mumkin.
• Afrika va Janubiy Amerika mamlakatlari iqlim o‘zgarishidan eng ko‘p zarar ko‘radi.
• 2035-yilga borib, global isish oziq-ovqat narxlarining har yili qo‘shimcha 0,9–3,2 foizga oshishiga olib kelishi mumkin.


🌾An’anaviy mahsulotlar o‘zgarmoqda va hududlarda yangi mahsulotlar yetishitirish boshlangan.
• Zarang siropi kamayib bormoqda;
• Salat bargining ta’mi achchiqlashgan;
• Avstriyada zaytun yetishtirilmoqda;
• Shvetsiyada vino ishlab chiqarilmoqda.


🌞Iqlim o‘zgarishiga qanday moslashish mumkin?

• Issiqxona gazlari chiqindilarini kamaytirish;
• Iqlim o‘zgarishiga chidamli ekin navlarini yetishtirish;
• Oziq-ovqat mahsulotlarini yanada samarali ishlab chiqarish.


Telegram Instagram
👁 771 👍 14🔥 6❤ 5 ↻ 6 сегодня в 11:03
urikguli tg5.7 тыс. подписчиков
Открыть пост ↗
Қашқадарё вилояти Деҳқонобод туманидаги Жингил қишлоғида жойлашган 84-сонли умумий ўрта таълим мактаби ўқувчилари
👁 881 🤯 88🔥 4❤ 3 ↻ 22 вчера в 04:09
urikguli tg5.7 тыс. подписчиков
Открыть пост ↗
👁 Ko‘zimiz faqat go‘zalliklarni ko‘ryapti

⚠️ Biz tabiat go‘zalliklari va boyliklarini cheksiz deb o‘ylaymiz. Ammo inson faoliyati sayyorani qanday o‘zgartirayotganini raqamlar va manzaralar yaqqol ko‘rsatmoqda.

1. Yer yuzida yovvoyi hayvonlar deyarli qolmadi.
Sayyoradagi barcha sutemizuvchilarni hisoblasak, fillar, yo‘lbarslar, bug‘ular va kitlar atigi 4 foizni tashkil qiladi. Qolgan 96 foizi insonlar va uy hayvonlariga to‘g‘ri keladi.
2. Inson yaratgan buyumlar butun tirik tabiatdan og‘irroq.
Beton, asfalt, metall va plastmassaning umumiy massasi 1,1 trillion tonnadan oshgan. Bu sayyoradagi barcha o‘rmonlar, hayvonlar, baliqlar va bakteriyalarning umumiy massasidan ham ko‘p.
3. Amazon o‘rmonlari insoniyatning kislorod manbai emas.
O‘rmonlar kunduzi fotosintez orqali kislorod ishlab chiqaradi. Biroq uning katta qismi tunda o‘simliklarning nafas olishi va organik moddalarning parchalanishi jarayonida yana sarflanadi. Biz nafas olayotgan kislorodning taxminan yarmini okeandagi mikroskopik suv o‘tlari ishlab chiqaradi.
4. Sayyorada ishlab chiqarilgan barcha plastmassa hali ham mavjud.
Sintetik plastmassa 1907-yilda ixtiro qilingan. O‘shandan beri tashlab yuborilgan plastik idishlar va paketlarning hech biri tabiatda to‘liq parchalanib ketmagan.
5. Ko‘mir yoqib, dinozavrlar davridagi havoni atmosferaga qaytaryapmiz.
Toshko‘mir taxminan 300 million yil avval o‘sgan qadimgi o‘rmonlar qoldiqlaridan shakllangan. Tabiat millionlab yillar davomida yer ostida saqlagan uglerodni insoniyat bor-yo‘g‘i bir necha asr ichida atmosferaga chiqarmoqda.
6. Kiyim-kechak chiqindilari hatto kosmosdan ham ko‘rinadi.
Chilining Atakama cho‘lida Yevropa, Osiyo va Amerikadan keltirilgan o‘n minglab tonna tashlandiq kiyimlar to‘planib qolgan. Ularning aksariyati hatto bir marta ham kiyilmagan.
7. Bolaligida dunyodagi to‘rtinchi eng katta ko‘l bo‘lgan Orol bugun piyoda kesib o‘tiladigan cho‘lga aylandi.
Orol dengizi bir inson umri davomida o‘z maydonining katta qismini yo‘qotdi. Sobiq portlar va suv ostida qolgan hududlar o‘rnida sho‘r cho‘l paydo bo‘ldi. Bugun bu yerlarda saksovul ekish ishlari olib borilmoqda.


Telegram
Instagram
👁 1.2 тыс. 🤯 43🔥 16👍 5 ↻ 10 10 ноября