✅ Joriy yilning 12-noyabr kuni Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti “Biznes boshqaruvi va logistika” kafedrasi mudiri, f.f.d., professor B. Tursunov boshchiligida Toshkent shahri Chilonzor tumanidagi 217-sonli umumta’lim maktabida “Mening biznes g‘oyam – mening kelajagim” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
💡 Tadbir davomida o‘quvchilarga biznes g‘oyalarni shakllantirish, ularni amalga oshirishning asosiy bosqichlari hamda tadbirkorlik faoliyatining ahamiyatini hayotiy misollar asosida tushuntirildi. Shuningdek, yoshlarda tadbirkorlik tafakkurini rivojlantirish, tashabbuskorlik va kelajakda o‘z biznesini yo‘lga qo‘yishga bo‘lgan qiziqishni oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
🎓 Mazkur ma’naviy-ma’rifiy uchrashuvlar yoshlarning bilim va dunyoqarashini kengaytirish, ularni mustaqil fikrlashga hamda kelajak maqsadlarini aniq belgilashga xizmat qildi.
📌 Menejment fakultetining rasmiy sahifalari
📱Telegram 📱