Tashrif davomida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi deputatlari Koson tumanidagi “Arabxona” mahallasida ham bo‘lib, hududda shakllangan tadbirkorlik tajribasi bilan tanishdilar.
“Arabxona” mahallasida chorvachilik, xususan, qo‘ychilik aholining asosiy daromad manbalaridan biriga aylangan. Mahalla fuqarolari o‘z xonadonlarida chorvachilikni yo‘lga qo‘yib, tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirmoqda. Yetishtirilayotgan chorva mahsulotlari, jumladan, go‘sht mahsulotlari ichki bozorlarga yetkazib berilmoqda.
Mehmonlar mahallada chorvachilikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va oilaviy daromad manbalarini kengaytirish borasidagi tajriba bilan yaqindan tanishdilar.
“Arabxona” mahallasidagi ushbu tajriba aholi tashabbusi va tadbirkorlik salohiyatidan samarali foydalanish orqali hudud iqtisodiyotini rivojlantirish mumkinligini ko‘rsatadi.
👉🏻 @Kosontumani_uz