Dehqonobod tumanining chegaraoldi lalmi hududida joylashgan Torqopchug‘ay mahallasida istiqomat qiluvchi fuqaro To‘ymurod Aliqulov tomorqa yeridan unumli foydalanish maqsadida zamonaviy agrotexnologiyalarni joriy etdi.
U o‘z tomorqasida 60 metr chuqurlikda artezian quduq qazdirib, suv chiqarish tizimini yo‘lga qo‘ydi. Shuningdek, 7,5 kVt quvvatga ega quyosh panellari o‘rnatib, ekin maydonlarini sug‘orishda energiya tejamkor yechimdan foydalanmoqda.
Eng e’tiborlisi, dehqonchilikda yomg‘irlatib sug‘orish texnologiyasi joriy etilgan. Ushbu usulda suv maxsus quvurlar va purkagichlar orqali yomg‘ir shaklida ekin maydonlariga sepiladi. Bu esa suvdan samarali foydalanish va ekinlarni bir maromda sug‘orish imkonini beradi.
Chegaraoldi lalmi hududda amalga oshirilgan ushbu tashabbus suv va energiya tejamkor texnologiyalardan foydalanish, tomorqa yerlarining hosildorligini oshirish hamda oilaviy daromadni ko‘paytirish borasidagi amaliy ishlardan biridir.
Kanalga ulanish: @Dehqonobodpress