🏛 «O‘zbekgidroenergo» AJ rahbariyati va Toshkent shahridagi «MEI» milliy tadqiqot universiteti filiali talaba-yoshlari ishtirokida «Dual ta’lim: ish beruvchi va talaba hamkorligi» mavzusida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda gidroenergetika sohasi uchun malakali kadrlar tayyorlash, talabalarning nazariy bilimlarini ishlab chiqarish amaliyoti bilan boyitish, korxonalarning kadrlarga bo‘lgan ehtiyojini inobatga olish va yoshlar bandligiga ko‘maklashish masalalari muhokama qilindi.
☑️ Davlatimiz rahbari belgilab bergan vazifalardan kelib chiqib, dual ta’limni rivojlantirish oliygoh, ish beruvchi va talaba o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashning muhim yo‘nalishidir. Bunday hamkorlik yoshlarga kasbiy mahoratni amalda egallash, ish beruvchilarga esa soha ehtiyojlariga mos mutaxassislarni tayyorlash imkonini beradi.
⏩ Talaba-yoshlarning sohani yanada rivojlantirish, dual ta’lim va energetika loyihalariga oid savol hamda takliflari tinglandi. Mutaxassislar talabalar va professor-o‘qituvchilarning savollariga javob berib, bildirilgan takliflar bo‘yicha kelgusida hamkorlikda ish olib borishga kelishib oldilar.
⏩ Talabalarni gidroenergetika inshootlariga olib borib, zamonaviy texnologiyalar va ishlab chiqarish jarayonlari bilan tanishtirish taklifi «O‘zbekgidroenergo» AJ rahbariyati tomonidan qo‘llab-quvvatlandi. Qiziqish bildirgan talabalar uchun tanishuv ekskursiyalari tashkil etishga kelishib olindi.
Bugungi hamkorlik — ertangi malakali kadrlar va barqaror energetika!
Web-sayt | Telegram | Instagram | You tube