Ijtimoiy himoya milliy agentligi Farg‘ona viloyati boshqarmasi tomonidan o‘zgalar parvarishiga muhtoj, yolg‘iz va yakka-yolg‘iz yashovchi keksalar, shuningdek, nogironligi bo‘lgan shaxslarning mazmunli madaniy hordiq chiqarishlarini tashkil etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Navbatdagi tadbir doirasida reestrga kiritilgan keksalar teatrga taklif etildi.
Viloyat musiqali drama teatri ijodkorlari tomonidan ular uchun maxsus madaniy-hordiq dasturi namoyish etildi. Hayotiy voqealar asosida hazil-mutoyiba bilan sahnalashtirilgan tomosha ishtirokchilarga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi.
Kelgusida bunday madaniy tadbirlarning ko‘lami va qamrovini yanada kengaytirish rejalashtirilgan.
Fergana.gov.uz|||Youtube|X