Телеграм

TA`LIM VA ILM-FAN QAŞQADARYO VILOYAT BOŞQARMASI

@qashqadaryo_MMTB Общие новости и СМИ
РКН: проверяем Иноагент: проверяем
|Boshqarmaning rasmiy kanali

Murojaatingizni yuboring: t.me/QashqadaryoMurojaatBot

Instagram: mmtbqashqadaryo

Facebook: Qashqadaryo_MMtb

Статистика обновлена 14.11.2026 в 07:55 · 1 просмотр страницы · Хотите больше просмотров?

Подписчики36 713
Охват поста5 074 14% от подписчиков
ERR за месяц13,82%
ERR за 24 часа8,98%

Динамика за 30 дней

Рекламные публикации

Рекламных публикаций не найденоЗа последнее время мы не нашли на площадке ни одного рекламного поста.

Последние публикации

Все посты канала →
TA`LIM VA ILM-FAN QAŞQADARYO VILOYAT BOŞQARMASI tg36 тыс. подписчиков
Открыть пост ↗
Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar uchun korreksion sinf tashkil etganlarga subsidiya beriladi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 12-noyabrdagi “Alohida ta’lim ehtiyoji bo‘lgan bolalarga nodavlat talim xizmatlari ko‘rsatishni qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 619-son qarori qabul qilindi.

Qaror bilan, “Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga nodavlat ta’lim tashkilotlari tomonidan korreksion sinf tashkil etgan holda umumiy o‘rta ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish xarajatlarini subsidiyalash tartibi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi.

Ushbu Nizom alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga nodavlat ta’lim tashkilotlari tomonidan korreksion sinf tashkil etgan holda umumiy o‘rta ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish xarajatlarini subsidiyalash tartibini belgilaydi.

Nodavlat ta’lim tashkiloti korreksion sinf tashkil etish maqsadida bitim tuzish uchun umumiy o‘rta ta’lim xizmatlari ko‘rsatiladigan hududdagi hududiy boshqarmaga “YAMIH” AT orqali belgilangan ma’lumotlarni ko‘rsatgan holda ariza bilan murojaat qiladi.

✅ Arizani ko‘rib chiqish yakuni bo‘yicha hududiy boshqarma tomonidan 1 ish kuni ichida:

🟢bitim tuzishni rad etish asoslari aniqlanmagan taqdirda, axborot modulida bitim tuzish maqsadga muvofiqligi to‘g‘risida xulosa rasmiylashtiriladi va bitim imzolanadi.

✅ Nodavlat ta’lim tashkilotining har bir korreksion sinfidagi o‘quvchilar soni 12 nafardan oshmasligi lozim.

💵 Korreksion sinfda ta’lim oladigan har bir bola uchun to‘liq bir oyda quyidagi miqdorlarda subsidiya ajratiladi:

🟢Toshkent shahrida BHMning 11 baravari;
🟢viloyatlar markazi va Nukus shahrida BHMning 9,5 baravari;
🟢boshqa tuman (shahar)larda BHMning 8,5 baravari miqdorida.

📝 telegram 💻 instagram
📝 facebook 🐧 xcom
🎞 youtube 🎖 ihma.uz
👁 560 ↻ 8 сегодня в 03:54
TA`LIM VA ILM-FAN QAŞQADARYO VILOYAT BOŞQARMASI tg36 тыс. подписчиков
Открыть пост ↗
#Tayinlov

Taʼlim va ilm-fan vazirining tegişli buyruği bilan Murodov Erkin Ergaşeviç Taʼlim va ilm-fan vazirligining Umumiy örta ta’lim taşkilotlari departamenti boşliği lavozimiga tayinlandi.
—

#Назначение

Соответствующим приказом министра образования и науки Муродов Эркин Эргашевич назначен на должность начальника Департамента организаций общего среднего образования Министерства образования и науки.

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👁 3.5 тыс. 👍 7 ↻ 46 вчера в 14:26
TA`LIM VA ILM-FAN QAŞQADARYO VILOYAT BOŞQARMASI tg36 тыс. подписчиков
Открыть пост ↗
“KITOBXONLIK FESTIVALI” QASHQADARYODA!

Qashqadaryo viloyati Ta’lim va ilm-fan boshqarmasi tizimidagi umumta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va mutolaaga qiziqishni oshirish maqsadida viloyat Bolalar kutubxonasi tomonidan navbatdagi “Kitobxonlik festivali” tashkil etildi.

Festivalda ta’lim sohasi mas’ullari, kutubxonachilar, o‘quvchilar va ota-onalar ishtirok etdi.

Tadbir doirasida “Eng kitobxon maktab”, “Eng faol kitobxon o‘quvchi”, “Ijodkor bolalar”, “Eng kitobxon oila” hamda “Eng faol kutubxonachi” tanlovlari g‘oliblari taqdirlandi. Shuningdek, kutubxonachilik sohasida samarali mehnat qilgan fidoyilarga ham e’tirof ko‘rsatildi.

Festival doirasidagi kuy-qo‘shiqlar va sahna chiqishlari tadbirga ko‘tarinki ruh bag‘ishladi.

Kitobxonlik festivali yoshlar orasida mutolaa madaniyatini yuksaltirish va ma’naviy barkamol avlodni tarbiyalashga xizmat qiladi.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating
❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
👁 2.9 тыс. 🔥 2👍 1🏆 1 ↻ 17 вчера в 13:14