Телеграм

UzA | Tezkor xabarlar

@uzauz Общие новости и СМИ
РКН: проверяем Не иноагент
Ushbu kanalda O‘zbekiston Milliy axborot agentligining tezkor xabarlari berib boriladi

Asosiy telegram kanal: @uza_uz

Sayt: www.uza.uz

•facebook.com/uzauz

•instagram.com/uza.uz

•twitter.com/uzauz

•lotin yozuvida: @uzauzlot

Статистика обновлена 12.11.2026 в 18:28 · 1 просмотр страницы · Хотите больше просмотров?

Подписчики26 574
Охват поста5 074 19% от подписчиков
ERR за месяц19,09%
ERR за 24 часа12,70%

Динамика за 30 дней

Рекламные публикации 2

Все рекламные посты →
UzA | Tezkor xabarlar tg26 тыс. подписчиков
Открыть пост ↗
🕵️‍♂️🕵️‍♂️🕵️‍♂️🕵️‍♂️

Virtual makondagi radikal tarğibot foş etildi


Bugungi kunda turli yot ğoyalarning ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqatilişi, ayniqsa, yoşlarning ongi va dunyoqaraşiga salbiy ta’sir körsatmoqda.

Bunday ğoyalar ta’siriga tuşgan şaxslar ekstremistik kuçlar safiga jalb etilişi, jamiyatdagi tinçlik va barqarorlikka rahna soluvçi harakatlarga qöşilib qolişi mumkin.

Şu bois internet tarmoğida tarqatilayotgan turli mazmundagi axborotlarga nisbatan huşyor va ogoh böliş, yoşlarni bunday xavflardan himoya qiliş muhim ahamiyat kasb etadi.


Xususan, respublika miqyosida ötkazilayotgan “Xavfsiz va soğlom yurt” tezkor-profilaktik tadbirlari doirasida Davlat xavfsizlik xizmati hamda Içki işlar organlari xodimlari Qarşi şahrida yaşovçi, 2006 y.t. fuqaro tomonidan “Telegram” messenjerida taşkil etilgan “virtual guruh” faoliyatiga çek qöyişdi.

Aniqlanişiça, mazkur şaxs dastlab ijtimoiy tarmoqlar orqali ekstremistik oqimlar yollovçilarining ta’siriga tuşgan.

Söngra 1980 va 2007 yillar oraliğida tuğilgan 13 nafar a’zodan iborat guruh tuzib, unda radikal ğoyalarni tarğib qilgan, şuningdek, “jihod” va “şahidlik”ka çorlovçi materiallarni tarqatgan.


Holat yuzasidan qonuniy çora köriş tadbirlari olib borilmoqda.

Kanalga ulaniş:
🏫 @uzauz
👁 2.6 тыс. ↻ 5 сегодня в 12:01
UzA | Tezkor xabarlar tg26 тыс. подписчиков
Открыть пост ↗
Prezidentimiz yangi davrda yaratilgan tarixiy filmlarga to‘xtaldi. Ular orasida “Islomxo‘ja”, “Ibrat”, “Avloniy”, “Abdulla Qodiriy”, “Qo‘qon shamoli”, “Muqimiy”, “Ilhaq”, “O‘zbek qizi”, “Bahodir Yalangto‘sh” bor.

Milliy kadrlarimizning yangi avlodi yetishib chiqdi. Davlatimiz rahbari bunda kinoijodkorlarning munosib hissasi borligini qayd etdi.

“Oltin globus” xalqaro kino mukofoti tarixida Markaziy Osiyo va Kavkaz kinoijodkorlarini taqdirlash marosimi ilk bor Toshkentda o‘tkazildi. Uchrashuvda ishtirok etayotgan aktrisa Gulchehra Jamilova “Meridian” mukofotiga sazovor bo‘ldi.

Shu bilan birga, Prezidentimiz milliy kino san’atimizni yangi bosqichga olib chiqish borasida oldinda hali ko‘p ishlar turganini ochiq aytish zarurligini ta’kidladi.

Kanalga ulanish:
@uzauz
👁 4.1 тыс. ↻ 3 26 октября

Последние публикации

Все посты канала →
UzA | Tezkor xabarlar tg26 тыс. подписчиков
Открыть пост ↗
🏢🏢🏢🏢

Prezident Şavkat Mirziyoyev Buxoro neftni qayta işlaş zavodining joriy faoliyati va quvvatlarini kengaytiriş böyiça rejalar yuzasidan taqdimot bilan tanişdi.

Kanalga ulaniş:
🏫 @uzauz
👁 1.3 тыс. ↻ 1 сегодня в 14:33
UzA | Tezkor xabarlar tg26 тыс. подписчиков
Открыть пост ↗
📃📃📃📃📃📃

Madaniyat sohasi vakillariga ipoteka krediti asosida uy-joy sotib oliş uçun subsidiya beriladi
 
Hukumat qarori (618-son, 11.11.2026 y.) bilan “Madaniyat, san’at va adabiyot sohalari vakillariga ipoteka krediti asosida uy-joy sotib oliş uçun subsidiya ajratiş tartibi töğrisida”gi nizom tasdiqlandi.
 
Uşbu Nizom madaniyat, san’at va adabiyot sohalari vakillariga ipoteka krediti asosida uy-joy sotib oliş uçun subsidiya ajratiş tartibini belgilaydi.
 
✅ Nizomga köra, subsidiyalar Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan qayta moliyalaştiriladigan ipoteka kreditlari doirasida birlamçi uy-joy bozoridan kvartiralarni sotib oliş uçun ajratiladi.
 
Subsidiya ariza beruvçining asosiy iş joyidagi hudud doirasida qurilgan kvartiralar uçun yönaltiriladi.
 
Ariza beruvçi subsidiya oliş uçun Davlat xizmatlari markazlari yoki YAIDXP (my.gov.uz) orqali murojaat qiladi.
 
Ariza beruvçining quyidagi mezonlarga mosligi axborot tizimlari orqali avtomatik ravişda tekşiriladi:
 
🔹 ariza beruvçi, uning turmuş örtoğining birgalikdagi daromadlarini belgilangan mezonlarga muvofiqligi;
🔹 ariza beruvçi, uning turmuş örtoğining nomida respublikaning barça hududlari miqyosida sönggi 2 yilda mulk huquqi bilan turar joy mavjud bölmagani;
🔹 ariza beruvçining madaniyat, san’at va adabiyot sohalarida faoliyat böyiça kamida 3 yil iş stajiga egaligi;
🔹 ariza beruvçining madaniyat, san’at va adabiyot sohalarida faoliyat yuritişi uçun sönggi 3 yilda lisenziyaga ega bölgani va boşqalar.

 
Subsidiya 1 oilaga faqat 1 marta beriladi.
 
Subsidiya ajratiş töğrisida xabarnoma olgan talabgor birlamçi bozordan kvartirani ipoteka krediti orqali sotib oliş böyiça quriliş (pudrat) taşkiloti yoki developer bilan şartnoma tuzadi.
 
Boşlanğiç badalning bir qismini qoplaş uçun subsidiya ötkazilgan kundan boşlab 30 kun içida foydalanilmagan taqdirda, bank subsidiyani Özbekiston Respublikasining respublika byudjetiga qaytaradi.

Kanalga ulaniş:
🏫 @uzauz
👁 1.3 тыс. ↻ 4 сегодня в 14:32
UzA | Tezkor xabarlar tg26 тыс. подписчиков
Открыть пост ↗
🏢🏢🏢🏢

Prezident Şavkat Mirziyoyev:
"Kelajak avlod uçun farovon hayot va qulay şart-şaroit yaratiş hamda ona sayyoramizni asrab-avaylaş barçamizning insoniy burçimizdir".

Kanalga ulaniş:
🏫 @uzauz
👁 3.1 тыс. ↻ 3 сегодня в 10:11