Телеграм

O‘zbekiston Kinematografiya agentligi

@uzbekkinopress Кино и сериалы
РКН: проверяем Не иноагент
Kinematografiya agentligining rasmiy sahifasi

Web sayt: https://uzbkino.uz

Facebook: https://www.facebook.com/uzbekkino.uz/

Ishonch telefoni: +(998 71) 277 81 07
email: info@uzbkino.uz

Manzil: Toshkent sh. Chilonzor ko'chasi 1 A uy

Статистика обновлена 13.11.2026 в 18:01 · 1 просмотр страницы · Хотите больше просмотров?

Подписчики3 393
Охват поста1 316 39% от подписчиков
ERR за месяц38,79%
ERR за 24 часа44,15%

Динамика за 30 дней

Рекламные публикации 1

Все рекламные посты →
O‘zbekiston Kinematografiya agentligi tg3.4 тыс. подписчиков
Открыть пост ↗
Prezidentimiz yangi davrda yaratilgan tarixiy filmlarga to‘xtaldi. Ular orasida “Islomxo‘ja”, “Ibrat”, “Avloniy”, “Abdulla Qodiriy”, “Qo‘qon shamoli”, “Muqimiy”, “Ilhaq”, “O‘zbek qizi”, “Bahodir Yalangto‘sh” bor.

Milliy kadrlarimizning yangi avlodi yetishib chiqdi. Davlatimiz rahbari bunda kinoijodkorlarning munosib hissasi borligini qayd etdi.

“Oltin globus” xalqaro kino mukofoti tarixida Markaziy Osiyo va Kavkaz kinoijodkorlarini taqdirlash marosimi ilk bor Toshkentda o‘tkazildi. Uchrashuvda ishtirok etayotgan aktrisa Gulchehra Jamilova “Meridian” mukofotiga sazovor bo‘ldi.

Shu bilan birga, Prezidentimiz milliy kino san’atimizni yangi bosqichga olib chiqish borasida oldinda hali ko‘p ishlar turganini ochiq aytish zarurligini ta’kidladi.

Facebook|Instagram|X
👁 533 👍 10 ↻ 23 26 октября

Последние публикации

Все посты канала →
O‘zbekiston Kinematografiya agentligi tg3.4 тыс. подписчиков
Открыть пост ↗
SUN’IY INTELLEKT –
IJODKORNING ÖRNINI BOSMAYDI, UNING IMKONIYATLARINI KENGAYTIRADI

Bugun Özbekiston Respublikasi Prezidentining madaniyat böyiça vakili Hasan Ravşanoviç Salihov bilan «Özbekfilm» kinostudiyasi qoşida taşkil etilayotgan AI Lab — sun’iy intellekt laboratoriyasi taqdimoti bilan tanişdik.

Davlatimiz rahbarining «Özbekfilm» kinostudiyasiga taşriflari doirasida kinoijodkorlar bilan bölib ötgan uçraşuvda sun’iy intellektning rivojlanişi, uning zamonaviy kasblar, xususan, kino san’atiga ta’siri haqida muhim fikrlar bildirilgan edi.

Darhaqiqat, sun’iy intellekt kinoindustriyaga jadal kirib kelmoqda. U tasvir yaratiş, montaj, ovoz, musiqa, vizual effektlar, animatsiya va postprodakşn jarayonlarida yangi imkoniyatlar oçmoqda. Bu jarayonni inkor etiş yoki undan çetda qoliş mumkin emas.

Biroq bir muhim tamoyilni aniq belgilab olişimiz kerak: sun’iy intellekt — ijodkorning örnini bosadigan kuç emas, balki uning qölidagi yangi ijodiy vosita bölişi kerak.

Texnologiya tasvir yaratişi mumkin, ammo uning ortidagi dardni his qilmaydi. Sahnani qurişi mumkin, ammo uning ma’nosini inson kabi anglamaydi. Qahramonni harakatlantirişi mumkin, ammo uning taqdiriga ijodkor kabi munosabatda bölolmaydi.

Kinoning ruhi, ğoyasi, badiiy yeçimi, inson qalbiga ta’siri — bular, avvalo, inson tafakkuri va ijodiy dunyoqaraşining mahsulidir.

Tarixga nazar taşlasak, har bir yangi texnologiya inson imkoniyatlarini kengaytirgan, ammo uning tabiiy qobiliyatlarini yöqqa çiqarmagan. Avval inson piyoda yurgan, keyin otdan foydalangan, söng avtomobil, poyezd va samolyotlarni yaratgan. Bu vositalar masofalarni qisqartirdi, harakat imkoniyatlarini oşirdi, ammo inson oyoğining ahamiyatini yöqotmadi.

Yoki sun’iy gullarni eslaylik. Bir vaqtlar ular haqiqiy gullarning örnini egallaydi, degan qaraşlar ham bölgan. Ammo tabiiy gulning nafosati, hidi va jozibasini heç bir sun’iy mahsulot töliq almaştira olmadi.

Sun’iy intellektga ham şunday qaraş kerak. U ijodkorni almaştirmasligi, aksinça, uning tasavvuri, bilimi va mahoratini yangi bosqiçga olib çiqişi lozim.

Aynan şu yondaşuvdan kelib çiqib, «Özbekfilm» kinostudiyasi qoşida AI Lab — sun’iy intellekt laboratoriyasini taşkil etmoqdamiz.

Laboratoriyada rejissyorlar, rassomlar, ssenariy mualliflari, film direktorlari, prodyuserlar, kompozitorlar va boşqa mutaxassislar sun’iy intellekt vositalaridan öz kasbiy yönalişlari böyiça samarali foydalanişni örganadilar. Eng muhimi, bu texnologiyalarni öz ijodiy jarayonlariga tatbiq etiş könikmalarini şakllantiradilar.

Maqsadimiz — sun’iy intellektdan qörqiş emas, uning imkoniyatlarini egallaş. Texnologiyaga qaram böliş emas, uni boşqara oladigan ijodkorlarni tayyorlaş.

Çunki kelajakda sun’iy intellektdan foydalana olmaydigan emas, undan qanday qilib ijodiy ustunlik sifatida foydalanişni bilmaydigan ijodkor raqobatda ortda qoladi.

Texnologiya vosita bölib qolişi, ijod esa hamişa insonga tegişli bölişi kerak.

✅ Instagram | ✅ Telegram
👁 295 ↻ 8 сегодня в 11:56
O‘zbekiston Kinematografiya agentligi tg3.4 тыс. подписчиков
Открыть пост ↗
⚡️ Özbekiston Milliy kino san’ati saroyida Qozoğiston kinosi kunlarining tantanali oçiliş marosimi bölib ötdi.

Marosimni Özbekiston Kinoarboblar ijodiy uyuşmasi raisi, Özbekiston xalq artisti Matyoqub Matjanov oçib berdi. U öz nutqida ikki qardoş xalq örtasidagi madaniy yaqinlikni mustahkamlaş, kino san’atidagi hamkorlikni kengaytiriş va qöshma ijodiy loyihalarni rivojlantiriş muhimligini ta’kidladi.

Tadbirda Qozoğiston Respublikasining Özbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elçisi Yerali Lukpanoviç Tuğjanov, Qozoğistonning taniqli rejissyor va aktyorlari, kinoşunos ekspertlar hamda  talaba yoşlar va OAV vakillari iştirok etdi.

12–14-noyabr kunlari davom etadigan kino kunlari doirasida Qozoğiston kinematografiyasining 6 ta filmi namoyiş etiladi.

Qozoğiston kinosi kunlari ikki mamlakat örtasidagi madaniy aloqalarni mustahkamlaş, milliy kinematografiya yutuqlarini keng namoyiş etiş va ijodiy hamkorlikni yangi bosqiçga olib çiqiş yölidagi muhim madaniy voqeadir.

🌐 Website | ✅ Facebook | ✅ Instagram | ✅ Telegram
👁 678 ↻ 11 сегодня в 08:46
O‘zbekiston Kinematografiya agentligi tg3.4 тыс. подписчиков
Открыть пост ↗
⚡️ Davlatimiz rahbarining «Özbekfilm» kinostudiyasiga taşrifi çoğida taşabbuskor tadbirkorlar va bunyodkor insonlarning maşaqqatli hayot yöli hamda erişgan yutuqlari haqida taʼsirçan kinofilmlar yaratiş böyiça topşiriq berilgan edi.

Mazkur topşiriq ijrosi doirasida «Renessans» kino uyida Madaniyat vaziri birinçi örinbosari Jahongir Ahmedov, Özbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi Davron Vaxabov hamda bir guruh yirik tadbirkor va işbilarmonlar bilan uçraşdi.

Uçraşuvda tadbirkorlarning hayotiy tajribasi, muvaffaqiyatlari va maşaqqatli mehnat yölini aks ettiruvçi kinofilmlar yaratiş böyiça hamkorlik qilişga kelişib olindi.

🌐 Website | ✅ Facebook | ✅ Instagram | ✅ Telegram
👁 930 👍 3❤ 2👏 1 ↻ 12 11 ноября