Телеграм

Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov

@Press_Secretary_Uz Политика и экономика
РКН: проверяем Не иноагент
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot kotibining rasmiy kanali

Facebook: facebook.com/PressSecretaryUZ

Instagram: instagram.com/press_secretary_uz

Х: x.com/Sherzod_Asadov

Статистика обновлена 12.11.2026 в 18:31 · 1 просмотр страницы · Хотите больше просмотров?

Подписчики166 184
Охват поста103 671 62% от подписчиков
ERR за месяц62,38%
ERR за 24 часа54,52%

Динамика за 30 дней

Рекламные публикации 1

Все рекламные посты →
Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov tg166 тыс. подписчиков
Открыть пост ↗
Prezidentimiz yangi davrda yaratilgan tarixiy filmlarga to‘xtaldi. Ular orasida “Islomxo‘ja”, “Ibrat”, “Avloniy”, “Abdulla Qodiriy”, “Qo‘qon shamoli”, “Muqimiy”, “Ilhaq”, “O‘zbek qizi”, “Bahodir Yalangto‘sh” bor.

Milliy kadrlarimizning yangi avlodi yetishib chiqdi. Davlatimiz rahbari bunda kinoijodkorlarning munosib hissasi borligini qayd etdi.

“Oltin globus” xalqaro kino mukofoti tarixida Markaziy Osiyo va Kavkaz kinoijodkorlarini taqdirlash marosimi ilk bor Toshkentda o‘tkazildi. Uchrashuvda ishtirok etayotgan aktrisa Gulchehra Jamilova “Meridian” mukofotiga sazovor bo‘ldi.

Shu bilan birga, Prezidentimiz milliy kino san’atimizni yangi bosqichga olib chiqish borasida oldinda hali ko‘p ishlar turganini ochiq aytish zarurligini ta’kidladi.

Facebook|Instagram|X
👁 69 тыс. ↻ 261 26 октября

Последние публикации

Все посты канала →
Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov tg166 тыс. подписчиков
Открыть пост ↗
Davlat va jamoat arbobi Bahriddin Murtazayevich Ro‘ziyev vafoti munosabati bilan hamdardlik
—
Соболезнование в связи с кончиной государственного и общественного деятеля Бахриддина Муртазаевича Рузиева

Facebook|Instagram|X
👁 48 тыс. ↻ 149 сегодня в 06:00
Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov tg166 тыс. подписчиков
Открыть пост ↗
Главное из выступления Президента Шавката Мирзиёева на 31-й сессии Конференции сторон Рамочной конвенции ООН об изменении климата (COP31):
 
📌Узбекистан последовательно поддерживает глобальные усилия по борьбе с изменением климата. Строится новая модель развития на основе рационального использования природных ресурсов и «зелёных» технологий;
 
📌Узбекистан досрочно выполнил цель по сокращению выбросов парниковых газов на единицу ВВП на 35 процентов, и определил новую планку – снижение на 50 процентов к 2035 году;

📌За десять лет водоемкость экономики сократилась почти вдвое, а водозабор – на одну пятую. Внедрение водосберегающих технологий уже охватило более 60 процентов орошаемых земель;
 
📌Со следующего года Узбекистан принимает председательство в Международном фонде спасения Арала и намерен на высочайшем уровне выполнить эту ответственную миссию управления трансграничными бассейнами;

📌В Узбекистане осуществляются масштабные меры по восстановлению земель. Площадь лесонасаждений увеличена на шесть миллионов гектаров, треть из которых высажена в Приаралье;

📌Последовательно реализуется Стратегия обращения с отходами, в рамках которой инвестируется более трех миллиардов долларов;

📌Каждый пятый житель страны – это школьник или студент. Благодаря системному подходу к 2050 году три четверти жителей Узбекистана получат природоцентричное образование;
 
📌Ни одна страна не может решать климатические проблемы в одиночку. В Центральной Азии возрастают масштабы таких угроз, как таяние ледников, дефицит воды и экстремальные засухи. Эти общие вызовы требуют от стран региона совместных действий;
 
📌Выдвинута инициатива развития в Центральной Азии Модели климатической интеграции. Предложено начать данное сотрудничество с трех ключевых направлений;
 
📌Первое – информационное. Необходимо при содействии Всемирной метеорологической организации создать инфраструктуру обмена сведениями о климатических рисках;
 
📌Второе – технологическое. Узбекистан намерен сделать ежегодную выставку «Eco Expo» постоянной инвестиционно-технологической площадкой для современных экологических решений, адаптированных к реалиям региона;
 
📌Третье – финансовое. Предложено проработать с банками развития и целевыми фондами новые инструменты поддержки Центральной Азии, включая льготные гранты, а также механизмы «синего» и «аридного» финансирования.

Facebook|Instagram|X
👁 50 тыс. ↻ 81 вчера в 18:10
Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov tg166 тыс. подписчиков
Открыть пост ↗
Prezident Shavkat Mirziyoyevning BMT Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha Hadli konvensiyasi tomonlari konferensiyasining 31-sessiyasidagi (COP31) nutqidan asosiy fikrlar:

📌O‘zbekiston iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashish bo‘yicha global sa’y-harakatlarni izchil qo‘llab-quvvatlab kelmoqda. Yangi taraqqiyot modelini “yashil” texnologiyalar asosida, tabiiy resurslardan oqilona foydalangan holda qurmoqda;

📌O‘zbekiston YIM birligiga to‘g‘ri keladigan gaz chiqindilarini 35 foizga qisqartirish borasidagi maqsadini muddatidan oldin bajardi. 2035-yilga borib, zararli chiqindilarni 50 foizga kamaytirish bo‘yicha yangi marrani belgiladi;

📌O‘n yil ichida iqtisodiyotda suv sarfi deyarli ikki baravarga, havzalardan olinayotgan suv miqdori esa beshdan bir qismga kamaydi. Sug‘oriladigan yer maydonlarining 60 foizida suv tejovchi texnologiyalar joriy etildi;

📌O‘zbekiston kelgusi yildan Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasiga raislik qiladi va transchegaraviy havzalarni boshqarishdek mas’uliyatli vazifani yuqori saviyada amalga oshirishga tayyor;

📌Yerlarni keng ko‘lamda qayta tiklash ishlari olib borilmoqda. O‘rmonlar maydoni olti million gektarga ko‘paytirildi, uning uchdan bir qismi Orolbo‘yi hududiga to‘g‘ri keladi;

📌Uch milliard dollardan ortiq investitsiya yo‘naltiriladigan “Chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish strategiyasi” joriy etildi;

📌Mamlakatning har beshinchi fuqarosi – maktab o‘quvchisi yoki talaba. Tizimli ekologik ta’lim-tarbiya tufayli 2050-yilga borib, O‘zbekiston aholisining to‘rtdan uch qismi tabiatni asrash bo‘yicha puxta bilimga ega bo‘ladi;

📌Iqlim muammolariga hech bir davlat yolg‘iz holda yechim topa olmaydi. Markaziy Osiyoda muzliklarning erishi, suv tanqisligi, qurg‘oqchilik kabi xatarlarning ko‘lami ortmoqda. Umumiy tahdidlar mintaqa davlatlaridan mushtarak harakatlarni talab qiladi;

📌Markaziy Osiyoning Iqlim integratsiyasi modelini rivojlantirish tashabbusi ilgari surildi. Ushbu hamkorlikni uchta asosiy yo‘nalishdan boshlash taklif qilindi;

📌Birinchisi – axborot yo‘nalishi. Jahon meteorologiya tashkiloti ko‘magida iqlim xavf-xatarlari to‘g‘risida ma’lumot almashish infratuzilmasini yaratish zarur;

📌Ikkinchisi – texnologik yo‘nalish. O‘zbekiston har yili o‘tkazadigan Markaziy Osiyoning “Eco Expo” ko‘rgazmasini mintaqaga mos zamonaviy ekologik yechimlar beradigan doimiy investitsiya va texnologiyalar maydoniga aylantirishni maqsad qilgan;

📌Uchinchisi – moliyaviy yo‘nalish. Taraqqiyot banklari va maqsadli jamg‘armalar bilan birgalikda Markaziy Osiyo uchun yangi ko‘mak vositalari – imtiyozli grantlar, shuningdek, “moviy” va “arid” moliyalashtirish mexanizmlarini ishlab chiqish taklif etildi.

Facebook|Instagram|X
👁 55 тыс. ↻ 172 вчера в 18:10