🪙 Kiberjinoyatlarga qarshi kurashish yo‘nalishida Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan Toshkent shahar IIBB bilan hamkorlikda olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida noqonuniy kripto-aktivlar aylanmasi bilan shug‘ullangan shaxsning harakatlariga chek qo‘yildi. Xususan, poytaxtimizdagi nufuzli davlat oliy ta’lim muassasasi talabasi hisoblangan, Toshkent tumanida yashovchi, 2008 y.t. fuqaro 2025-yilning dekabr oyidan joriy yilning oktyabriga qadar “Bitget” kripto-birjasi platformasida litsenziyasiz faoliyat yuritib, tranzaktsiyalar orqali 64 715 USDT miqdoridagi kripto-aktivlar oldi-sotdisini amalga oshirgan.
Shuningdek, mazkur shaxs “Telegram” messenjerida 140 ta xorijiy davlatlarning virtual telefon raqamlarini sotish bilan ham shug‘ullangan.
Bundan tashqari, uning kripto-hamyonida 450 USDT mavjudligi aniqlanndi.
Hozirda qonunbuzarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
✈️ Telegram 📘 📸 📹 YouTube