Телеграм

Botir Ziyatov

@botirziyatov IT и нейросети
РКН: проверяем Иноагент: проверяем
Shaxsiy blog va texnologiyalar haqida
Hamkorlik: @giglink_admin

Статистика обновлена 14.11.2026 в 08:09 · 1 просмотр страницы · Хотите больше просмотров?

Подписчики8 324
Охват поста4 071 49% от подписчиков
ERR за месяц48,91%
ERR за 24 часа24,29%

Динамика за 30 дней

Рекламные публикации

Рекламных публикаций не найденоЗа последнее время мы не нашли на площадке ни одного рекламного поста.

Последние публикации

Все посты канала →
Botir Ziyatov tg8.3 тыс. подписчиков
Открыть пост ↗
Intervyu paytida dasturchiga AI ishlatishga ruxsat berilsa, kim tajribali, kim tajribasiz ekani darrov bilinib qolar ekan.

Buni bir intervyu oluvchi yozibdi. U nomzodlarga oddiy masala beradi, AI ishlatish mumkin.

Tajribali dasturchi AI'ga nima qilishni o‘zi aytadi. Oldin savol beradi, vazifani kichraytiradi, keyin yozdiradi.
Tajribasiz dasturchi esa darrov yozdirishga tushadi.
Keragidan ko‘p narsa qurib tashlaydi. AI boshqa tomonga ketib qolsa, qaytarolmaydi.

Yana bir intervyu oluvchining qoidasi: AI yozgan kodni nomzod o‘zi yozgandek tushuntirib berishi kerak. Masala yechildimi, yo‘qmi, bu muhim emas. Kodni tushunganmi, shu muhim.

Ba'zi kompaniyalar intervyuga AI bilan kod yozdiradigan raundlar qo‘shyapti. Lekin ko‘p raundlar avvalgidek AI'siz.

@botirziyatov
👁 1.4 тыс. 👍 45🫡 5🆒 4 💬 3 ↻ 21 вчера в 13:30
Botir Ziyatov tg8.3 тыс. подписчиков
Открыть пост ↗
Servercore IT-plovi Toshkentda: AI-infratuzilmaning yil yakunlari

24-noyabr | 18:30 | Toshkent

Servercore IT-mutaxassislari va biznes vakillarini yopiq biznes-ziyofatga taklif qiladi.

Tadbirda «Markaziy Osiyoda AI 2026» tadqiqoti natijalari taqdim etiladi. Shuningdek, sun’iy intellekt uchun yangi GPU quvvatlari, bulutli yechimlar va ma’lumotlar xavfsizligi masalalari muhokama qilinadi.

Tadbirda quyidagi mavzular ko‘tariladi:

▪️ Markaziy Osiyo kompaniyalari sun’iy intellektdan qanday foydalanmoqda va uni keng joriy etishga nima to‘sqinlik qilmoqda?

▪️ Servercore bulutida yangi GPU’lar, AI-marketplace va Managed Kubernetes imkoniyatlari.

▪️ Toshkentdagi yangi ma’lumotlar markazi imkoniyatlari va loyihalarning uzluksiz ishlashini ta’minlash.

▪️ Biznesda ovozli sun’iy intellektdan foydalanish: HULI loyihasi tajribasi.

Rasmiy taqdimotlardan so‘ng mehmonlarni kechki ovqat va networking kutmoqda. Bu IT sohasi vakillari bilan tanishish, tajriba almashish va yangi hamkorlik aloqalarini o‘rnatish uchun yaxshi imkoniyat.

⚠️ Ishtirok etish uchun oldindan ro‘yxatdan o‘tish shart. Joylar soni cheklangan. Ro‘yxatdan o‘tganingizdan so‘ng Servercore menejeri siz bilan bog‘lanib, ishtirokingizni tasdiqlaydi va tadbir manzilini yuboradi.

➡️ Ro‘yxatdan o‘tish: https://srv.cr/uxz53
👁 1.8 тыс. 👍 8🫡 3🆒 2 💬 8 ↻ 4 вчера в 06:00
Botir Ziyatov tg8.3 тыс. подписчиков
Открыть пост ↗
Xitoyning Ichki Mo‘g‘uliston viloyatida Ulanqab degan shahar bor,
(bu shaxarni borligni endi bildim, borib ko‘rmaganaman )
qisqasi

Ilgari pekinliklar dam olgani boradigan yaylov edi, hozir u yerda yuzga yaqin data center qurilyapti, Alibaba'dan DeepSeek'gacha hamma shu yerda.
Pekinga yaqin, shamol va quyosh elektri arzon, yillik o‘rtacha harorat 4 daraja, serverlar yilning 10 oyi tashqi havo bilan sovitiladi.

Qurilishni ko‘rgan bir blogger shunday degan:
"Ofis binolari tobora arzonlashadi. Aqliy mahsulot endi shu mashinxonalarda ishlab chiqariladi."
Shahar markazidagi qimmat ofisga ehtiyoj kamayadi.

Ajab emas, bizda ham fermerlarning yerini ijaraga olib data center qurishsa. svet o‘chib qolmasa bo‘ldi.

@botirziyatov
👁 1.8 тыс. 👍 28😁 21👏 3 💬 4 вчера в 05:27