☑️ Davlat korxonalarini boşqarişda yangi bosqiç: sun’iy intellekt yordamida xatarlarni oldindan aniqlaş
Qaysi davlat korxonasi samarali işlayapti? Qaysi birida moliyaviy xatarlar ortmoqda? Qayerda islohotlarni birinçi navbatda boşlaş kerak?
➡️Endi bu savollarga ma’lumotlar va sun’iy intellekt asosida javob topiş imkoniyati kengaymoqda.
Iqtisodiyot va moliya vazirligi Buyuk Britaniyaning Oksford şahrida joylaşgan Algorithmic Governance Foundation bilan hamkorlikda UZSOE Intelligence Platform tizimini taqdim etdi.
🔹 15 ta moliyaviy körsatkiç korxonalarning moliyaviy holatini baholaydi.
🔹 12 ta xatar signali muammolarni erta aniqlaşga yordam beradi.
🔹 Sun’iy intellekt yordamçisi özbek tilidagi savollarga javob beradi, korxonalarni taqqoslaydi va tahliliy tavsiyalar tayyorlaydi.
Tizimning moliyaviy xatarlarni baholaş metodologiyasi Xalqaro valyuta jamğarmasi (XVJ) yondaşuvlariga asoslangan.
Asosiy maqsad: muammolarni keç aniqlaşdan ularni oldindan köra olişga, hisobotlardan dalillarga asoslangan qarorlarga ötiş.
🇺🇿 Batafsil | 🇬🇧 More
#UZSOE #IntelligencePlatform
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Х