Телеграм

Nişon tumani hokimligi | RASMIY | Нишон тумани ҳокимлиги | РАСМИЙ

@Nishonhokimligi Общие новости и СМИ
РКН: проверяем Иноагент: проверяем
🇺🇿 Nişon tuman hokimligining rasmiy telegram kanali.
☎️ 75-512-16-15.
🌐gov.uz/oz/Nishon
➡️https://t.me/Nishonhokimligi
➡️ instagram.com/nishonhokimli
Fuqarolar murojaati uchun: @Nishon_t_murojaatbot

Статистика обновлена 14.11.2026 в 21:29 · 1 просмотр страницы · Хотите больше просмотров?

Подписчики6 361
Охват поста1 365 21% от подписчиков
ERR за месяц21,46%
ERR за 24 часа20,83%

Динамика за 30 дней

Рекламные публикации 1

Все рекламные посты →
Открыть пост ↗
Prezidentimiz yangi davrda yaratilgan tarixiy filmlarga to‘xtaldi. Ular orasida “Islomxo‘ja”, “Ibrat”, “Avloniy”, “Abdulla Qodiriy”, “Qo‘qon shamoli”, “Muqimiy”, “Ilhaq”, “O‘zbek qizi”, “Bahodir Yalangto‘sh” bor.

Milliy kadrlarimizning yangi avlodi yetishib chiqdi. Davlatimiz rahbari bunda kinoijodkorlarning munosib hissasi borligini qayd etdi.

“Oltin globus” xalqaro kino mukofoti tarixida Markaziy Osiyo va Kavkaz kinoijodkorlarini taqdirlash marosimi ilk bor Toshkentda o‘tkazildi. Uchrashuvda ishtirok etayotgan aktrisa Gulchehra Jamilova “Meridian” mukofotiga sazovor bo‘ldi.

Shu bilan birga, Prezidentimiz milliy kino san’atimizni yangi bosqichga olib chiqish borasida oldinda hali ko‘p ishlar turganini ochiq aytish zarurligini ta’kidladi.

Facebook|Instagram|X
👁 891 ❤ 2 26 октября

Последние публикации

Все посты канала →
Открыть пост ↗
NIŞON TUMANIDA TIBBIYOT XODIMLARI KUNI KENG NIŞONLANDI

Nişon tumanida Tibbiyot xodimlari kuni munosabati bilan soha vakillari uçun tantanali bayram tadbiri taşkil etildi.

Tadbir avvalida tuman hokimining birinçi örinbosari Sunnatulla Xaqnazarov soha xodimlarini kasb bayrami bilan samimiy muborakbod etdi.

Tabrik sözida inson salomatligini asraş, aholiga sifatli tibbiy xizmat körsatiş, kasalliklarning oldini oliş hamda tibbiyot tizimini rivojlantiriş borasida fidokorona mehnat qilayotgan şifokor va hamşiralarning jamiyat hayotidagi örni alohida e’tirof etildi.

Ta’kidlanganidek, tibbiyot xodimlarining maşaqqatli va mas’uliyatli mehnati, inson hayoti va salomatligi yölidagi sa’y-harakatlari har qanday e’tirof va hurmatga munosibdir.

Tadbir davomida kuy-qöşiqlar va kötarinki kayfiyat ulaşgan musiqiy çiqişlar bayramga yanada fayz bağişladi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring: https://linktr.ee/nishonhokimligi
👁 620 ❤ 4👍 3 💬 2 ↻ 11 сегодня в 15:52
Открыть пост ↗
Nişon tumanida “Yaşil lot” tizimi orqali 10 ta yer maydoni ajratiladi

Hurmatli Nişon tumani tadbirkorlari, yuridik shaxslar va tashabbuskor fuqarolar!

Nişon tumanida yashil hududlarni kengaytirish, ekologik muhitni yaxshilash, aholi uchun zamonaviy yashil bog‘lar va xiyobonlar tashkil etish hamda hududlarni yanada obod va ko‘rkam maskanga aylantirish maqsadida “Yashil lot” tizimi orqali 10 ta yer maydoni ajratilishi ma’lum qilinadi.

Yer maydonlari quyidagi yo‘nalishlarda ajratiladi:
— Zamonaviy yashil bog‘lar va xiyobonlar tashkil etish;
— Manzarali daraxtlar va butalar ekish;
— Mevazor va intensiv bog‘lar barpo etish;
— Nişon tumani hududlarini ko‘kalamzorlashtirish va obodonlashtirish;
— Ekologik loyihalar va yashil hududlarni rivojlantirish.

Yer maydonlarini ajratish shartlari:
— Yer uchastkalari jismoniy va yuridik shaxslarga belgilangan tartibda, shartnoma asosida foydalanish uchun ajratiladi;
— Yer maydonlaridan faqat belgilangan maqsadlarda foydalaniladi;
— Ajratilgan yer uchastkalari xususiy mulk sifatida berilmaydi;
— Yer maydonlarida qurilish ishlari va turli konstruksiyalar o‘rnatishga yo‘l qo‘yilmaydi;
— Yashil hududlardan aholining umumiy foydalanish huquqi ta’minlanadi.

HURMATLI NIŞONLIKLAR!
Tumanimizning ekologik qiyofasini yaxshilash, yashil hududlarni ko‘paytirish, obod va ko‘rkam Nişon tumanini barpo etish ishlariga o‘z hissangizni qo‘shing!

Yashil hududlar yaratishga qaratilgan loyihalaringiz bilan “Yashil lot” tanlovida faol ishtirok eting!

Murojaat uchun:
Telefon: +998 99-194-11-10


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring: http://linktr.ee/nishonhokimligi
👁 1.3 тыс. ❤ 7👍 5👏 2 ↻ 14 сегодня в 11:57
Открыть пост ↗
#Xavfsiz_va_soğlom_yurt

🇺🇿 “Xavfsiz va soğlom yurt” tadbirlari doirasida profilaktik işlar olib borilmoqda
Joriy yilning 1-noyabridan 1-dekabriga qadar respublika miqyosida ötkazilayotgan “Xavfsiz va soğlom yurt” keng qamrovli tezkor-profilaktik tadbirlari doirasida Nişon tumanida aholi muammolarini örganiş, nizoli vaziyatlarning oldini oliş hamda fuqarolarning huquqiy savodxonligini oşirişga qaratilgan profilaktik işlar amalga oşirilmoqda.

Jumladan, tuman IIB boşliği örinbosari tomonidan 112 qisqa raqamiga kelib tuşgan murojaat yuzasidan tegişli fuqarolar bilan profilaktik suhbat ötkazildi. Murojaatda kötarilgan masalalar örganilib, tomonlarga qonuniylik va özaro hurmat tamoyillariga amal qiliş yuzasidan tuşuntirişlar berildi.

Şuningdek, sud jarayonlarida nizolaşayotgan fuqarolarning murojaatlari tinglanib, mavjud muammolar yuzasidan huquqiy tuşunçalar va zarur tavsiyalar berildi.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring: https://linktr.ee/nishonhokimligi
👁 1.1 тыс. ❤ 1👍 1 ↻ 2 сегодня в 08:41