Bino 42 ming kvadrat metr. Içi esa bitta ulkan zaldan iborat, xona-xonaga, qavat-qavatga bölinmagan. Oq marmar javonlar zinapoyadek poğona-poğona kötariladi. Çiroq, şamollatiş, hatto kitob qaytariş tizimi ham javonlarning içiga joylangan. Zalning örtasida, pastga çökkan qismida travertin devorli Meros kutubxonasi bor. Unda arab-islom sivilizatsiyasiga oid nodir qölyozmalar saqlanadi. Kolhas bu makonni bir butun xalqni ham, bir butun kitoblar xalqini ham siğdira oladigan joy deb ataydi. Bu yerga million jild kitob siğadi.
Eng muhimi binoning vazifasi. U bir paytning özida mamlakatning milliy kutubxonasi, Doha şahrining ommaviy kutubxonasi va Ta’lim şahrining ilmiy kutubxonasi. Talaba ham, olim ham, farzandini yetaklab kelgan ota ham şu bir zalda ötiradi. Qatar bilimga asoslangan kelajakni qurişni şu binodan boşlagan. Marmar javonlar orasida ötirib, beixtiyor Toşkentni öyladim.
Navoiy köçasi. “Alişer Navoiy” metrosidan çiqasiz-u, röparangizda Navoiy haykali turadi. Uning ortida 1930-yillarda klassik uslubda qurilgan tört qavatli, qirq xonali bino bor: Alişer Navoiy nomidagi davlat adabiyot muzeyi. Oldida şahar şovqinidan panada qolgan sokin boğ bor. Şahar markazida, metro yonida, adabiyotimizning yarim asrdan ortiq xotirasini saqlagan bunday makon har şaharga ham nasib etavermaydi.
Dohadagi kutubxona hajmiga yetmas, lekin tört qavat, qirq xona va boğ kam emas. Navoiydan bugungi kungaça bölgan adabiyotimizni bir nigohda körsatadigan, öquvçini, tadqiqotçini, sayyohni birdek çorlaydigan ma’rifat maskani bölişga bu yerning joyi ham, sathi ham yetadi. Kitobxonlik binodan boşlanmaydi, albatta. Ammo töğri bino kitobxonni özi çorlaydi.
@mirzodanmaktub