MUDDATIDAN OLDIN TUG‘ILGAN CHAQALOQLARDA RETINOPATIYANI ERTA ANIQLASH: YANGI IMKONIYATLAR VA MALAKALI MUTAXASSISLAR
2017-yil 20-iyundagi 3071-son Prezident qarori hamda Sog‘liqni saqlash vazirligining 2024-yil 13-martdagi 75-sonli buyrug‘i doirasida amalga oshirilayotgan ishlar natijasida respublika perinatal muassasalari yangi tug‘ilgan chaqaloqlar ko‘z to‘r pardasini vizualizatsiya qilish uchun mo‘ljallangan 17 ta zamonaviy tizim bilan jihozlandi.
Endigi muhim vazifa — ushbu uskunalarda ishlaydigan mutaxassislarning bilim va amaliy ko‘nikmalarini oshirish. Shu maqsadda Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazida barcha hududiy filiallar mutaxassislari uchun maxsus o‘quv mashg‘ulotlari boshlandi.
👩⚕️Hamkorlik memorandumi doirasida Belarus Respublikasining “Ona va bola” ilmiy-amaliy markazi neonatal oftalmologi Olga Rudaya taklif etildi. Dastur nazariy mashg‘ulotlar, tajriba almashinuvi va amaliy mahorat darslarini qamrab olgan. Xususan, taklif etilgan mutaxassis ishtirokida jarrohlik amaliyotlari ham o‘tkazilmoqda.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi ko‘magida amalga oshirilayotgan «Ko‘ngil ko‘zi» loyihasi doirasida Retina AI sun’iy intellekt tizimi joriy etilmoqda. Bu esa patologik o‘zgarishlarni erta aniqlash va diagnostika aniqligini oshirishga xizmat qiladi.
❤ Zamonaviy texnologiyalar va malakali mutaxassislar uyg‘unligi — muddatidan oldin tugʻilgan chaqaloqlarning ko‘rish qobiliyatini asrash yo‘lidagi muhim qadam!
*******************************
РЕТИНОПАТИЯ НЕДОНОШЕННЫХ: НОВЫЕ ТЕХНОЛОГИИ И ПОДГОТОВКА СПЕЦИАЛИСТОВ
В рамках реализации Постановления Президента от 20 июня 2017 года № 3071 и приказа Министерства здравоохранения от 13 марта 2024 года № 75 перинатальные учреждения республики оснащены 17 современными системами для визуализации сетчатки глаза новорождённых.
Следующий важный этап — подготовка специалистов для эффективного использования нового оборудования и внедрения современных методов диагностики и лечения. В РСНПМЦ здоровья матери и ребёнка началось обучение специалистов всех региональных филиалов.
👩⚕️В рамках меморандума о сотрудничестве приглашена неонатальный офтальмолог научно-практического центра «Мать и дитя» Республики Беларусь Ольга Рудая. Программа включает теоретические занятия, обмен опытом и практические мастер-классы. Особое внимание уделяется клинической практике: проводятся хирургические вмешательства с участием приглашённого специалиста.
Ещё одно важное направление — внедрение системы искусственного интеллекта Retina AI в рамках проекта «Ko‘ngil ko‘zi», реализуемого при поддержке Администрации Президента Республики Узбекистан. Технология открывает дополнительные возможности для раннего выявления патологических изменений сетчатки и повышения точности диагностики.
❤ Современное оборудование, искусственный интеллект и подготовленные специалисты — три составляющие развития системы помощи недоношенным детям и сохранения их зрения.
📱Telegram | 📱Instagram | 📱Facebook