Телеграм

Bolalar ombudsmani rasmiy telegram-kanali

@Bolalar_ombudsmani Семья и дети
РКН: проверяем Не иноагент
Ma’lumot uchun:

📞 +998 (55) 588-04-49
📨 bolalarvakili@gmail.com

Bolalar ombudsmanining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari bilan bu yerda (https://mssg.me/3aawe) tanishishingiz mumkin.

Статистика обновлена 13.11.2026 в 18:08 · 1 просмотр страницы · Хотите больше просмотров?

Подписчики3 053
Охват поста1 374 45% от подписчиков
ERR за месяц45,00%
ERR за 24 часа12,46%

Динамика за 30 дней

Рекламные публикации

Рекламных публикаций не найденоЗа последнее время мы не нашли на площадке ни одного рекламного поста.

Последние публикации

Все посты канала →
Bolalar ombudsmani rasmiy telegram-kanali tg3.1 тыс. подписчиков
Открыть пост ↗
🖥️Kuni keça Bolalar ombudsmanining navbatdagi şaxsiy qabuli ötkazildi.

🎤Qabul davomida quyidagi masalalar yuzasidan fuqarolar murojaat qildilar:

1️⃣Voyaga yetmagan farzandi nutqi rivojlanişidagi muammolar tufayli sinfdoşlari bilan muloqot qiliş hamda ijtimoiy muhitga moslaşişda qiyinçilik va qörquv kuzatilayotganini bildirib, farzandiga malakali psixolog yordamini taşkil etişda amaliy kömak söragan ona murojaati;

2️⃣Ajrim nizosidagi ota-ona örtasidagi kelişmovçiliklar oqibatida ota voyaga yetmagan farzandiga nisbatan ruhiy zöravonlik sodir etayotganligini töğrisidagi murojaat;

3️⃣Sobiq turmuş örtoği tomonidan voyaga yetmagan farzandlariga ruhiy bosim ötkazilayotgani, buning oqibatida bolalarning salomatligida salbiy özgarişlar va stress alomatlari kuzatilayotgani töğrisida bildirilgan şikoyat;

⚠️Yuqoridagi holatlar böyiça Bolalar ombudsmani öz vakolati doirasida tizimli örganişni boşladi.
👁 295 ↻ 1 сегодня в 02:59
Bolalar ombudsmani rasmiy telegram-kanali tg3.1 тыс. подписчиков
Открыть пост ↗
Bugun Oliy sudda O'zbekiston ayol sudyalar assosiatsiyasi hamda Sudyalar oliy kengashi hamkorligida «Bolalarni zo'ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish tizimini takomillashtirish: yangi qonun normalari va ularni amaliyotga joriy etish masalalari» mavzusida davra suhbati o'tkazildi.

Tadbirdaning asosiy maqsadi bolalarni zo'ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilishga qaratilgan qonunchilikdagi yangiliklarning mazmun-mohiyatini keng muhokama qilish, yangi huquqiy normalarni amaliyotga samarali tatbiq etish masalalarini ko'rib chiqish hamda mas'ul tashkilotlar o'rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashdan iborat bo'ldi.

Davra suhbatida davlat organlari, sudyalar hamjamiyati, xalqaro tashkilotlar, prokuratura, advokatura, ta'lim va ijtimoiy himoya sohalari vakillari ishtirok etdi.

Ishtirokchilar zo'ravonlikdan jabrlangan yoki unga guvoh bo'lgan bolalarga davlat hisobidan yuridik yordam ko'rsatish, tergov va sud jarayonlarida ularning manfaatlari hamda xavfsizligini ta'minlash masalalariga to'xtalib o'tdilar.

Tadbir yakunida ochiq muhokama va savol-javoblar tashkil etilib, yangi qonun normalarini amaliyotga tatbiq etishda yuzaga kelishi mumkin bo'lgan muammolar, idoralararo hamkorlikni takomillashtirish va mavjud huquqiy mexanizmlar samaradorligini oshirish yuzasidan fikr va takliflar bildirildi.

Davra suhbati bolalarni zo'ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilishda qonunchilik normalarini to'g'ri va samarali qo'llash, bolalarga do'stona odil sudlov tamoyillarini mustahkamlash hamda bu yo'nalishda mas'ul tashkilotlar hamkorligini rivojlantirishga qaratilgan muhim muloqot maydoni bo'ldi.

Veb-sayt I Telegram I Facebook I Instagram I YouTube
👁 272 ↻ 2 вчера в 16:01