Obidjon Xamidov boshqa vazifaga o‘tishi munosabati bilan Buxoro davlat universiteti rektori sifatidagi faoliyatini yakunladi. U jamoaga yo‘llagan murojaatida quyidagi natijalarni qayd etdi:
🔹 Ilmiy salohiyat 67,6 foizga yetdi. Universitet jamoasiga 120 nafardan ortiq yosh mutaxassis va magistratura bitiruvchisi qo‘shildi.
🔹 So‘nggi 5 yilda Scopus bazasidagi jurnallarda 1 347 ta maqola chop etildi. 2026-yilning dastlabki 10 oyida esa Scopus va Web of Science bazalaridagi jurnallarda 474 ta maqola e’lon qilindi.
🔹 9 ta bakalavriat va 7 ta magistratura dasturi Germaniyaning ACQUIN xalqaro akkreditatsiyasidan o‘tdi. Turizm va mehmondo‘stlik dasturlari UNWTO TedQual sertifikatini oldi.
🔹 1 200 nafardan ortiq talaba 10 ta yo‘nalishda o‘qishni ishlab chiqarishdagi amaliyot bilan birga olib bordi.
Xamidov bu natijalarni butun BuxDU jamoasining mehnati deb baholab, ustozlar, xodimlar va talabalarga minnatdorlik bildirdi.
📍@akademik_burchak da bo‘ling 🛋