Телеграм

Ijtimoiy himoya milliy agentligi

@ijtimoiyhimoya_agentligi Общие новости и СМИ
РКН: проверяем Иноагент: проверяем

Статистика обновлена 12.11.2026 в 18:28 · 1 просмотр страницы · Хотите больше просмотров?

Подписчики39 366
Охват поста11 512 29% от подписчиков
ERR за месяц29,24%
ERR за 24 часа21,75%

Динамика за 30 дней

Рекламные публикации

Рекламных публикаций не найденоЗа последнее время мы не нашли на площадке ни одного рекламного поста.

Последние публикации

Все посты канала →
Ijtimoiy himoya milliy agentligi tg39 тыс. подписчиков
Открыть пост ↗
#Agentlik_raqamlarda

9 oylik sarhisob: raqamlar ortidagi taqdirlar


🧠 2026-yilning 9 oyida ijtimoiy himoya tizimida asosiy e’tibor oilalarning muammolarini kompleks hal etish, daromad manbalarini yaratish va aholining ijtimoiy faolligini oshirishga qaratildi.

Bu jarayonda mahallalardagi ijtimoiy xodimlar har bir oilaning muammosini individual o‘rganib, ularni bosqichma-bosqich hal etish, fuqarolarning jamiyatga integratsiyalashuvini ta’minlashga ko‘maklashmoqda.

✅ 9 oyda erishilgan asosiy natijalar:

✅ 39,9 ming oila Ijtimoiy reyestrdan chiqarildi. Shundan 26,5 ming oilaning daromadi 1,5 barobarga oshdi. 16,3 ming oilaga 318,2 mlrd so‘m foizsiz kredit ajratildi.
✅ 83 ming nafar nogironligi bo‘lgan shaxsning bandligi ta’minlandi. 3 774 ta maktabda 11,7 ming nafar bola inklyuziv ta’limga qamrab olindi.
✅ 55,4 ming nafar fuqaro “Faol hayotga qadam” dasturi orqali xizmatlardan foydalandi. Ularning 28,6 ming nafarida ijobiy o‘zgarishlar qayd etildi.
✅ 74,3 ming nafar zo‘ravonlikdan jabrlangan xotin-qizga yordam ko‘rsatildi. Inqiroz markazlariga joylashtirilgan 171 nafar bola oilasiga qaytarildi.
✅ 609 ta uy-joy yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar uchun xarid qilindi. Homiladorlik va tug‘ish hamda vaqtincha mehnatga layoqatsizlik nafaqalari uchun jami 1,46 trln so‘m avtomatik to‘lab berildi.

😊 Bugun mamlakat bo‘ylab 208 ta “Inson” markazi orqali 140 turdagi ijtimoiy xizmat aholiga yaqinlashtirilmoqda.

👥 Bu raqamlar ortida ish bilan ta’minlangan insonlar, daromadi oshgan oilalar, ta’lim olish imkoniyatiga ega bo‘lgan bolalar va ijtimoiy hayotga qaytayotgan minglab taqdirlar turibdi.

🤝 Zero, ijtimoiy himoyaning eng muhim natijasi — inson hayotidagi ijobiy o‘zgarishdir.

🎬 Batafsil — 2026-yilning 9 oylik natijalariga bag‘ishlangan videorolik va infografikada.

📝 telegram    💻 instagram  
📝 facebook   🐧 xcom
🎞 youtube     🎖 ihma.uz
👁 1.6 тыс. 👍 7❤ 6👏 4 ↻ 10 сегодня в 15:00
Ijtimoiy himoya milliy agentligi tg39 тыс. подписчиков
Открыть пост ↗
Mehrdan — mahorat sari: “G‘amxo‘rlik” markazida yangi imkoniyatlar

💚 “G‘amxo‘rlik” markazlarida tarbiyalanuvchilar uchun shunchaki parvarish emas, balki kelajakda o‘z o‘rnini topish, kasb egallash va mustaqil hayot kechirishga tayyorgarlik ko‘rish uchun ham sharoit yaratilmoqda.

👫 Xususan, Qarshi shahridagi nogironligi bo'lgan bolalar uchun “G‘amxo‘rlik” markazida tikuvchilik, chorvachilik, gulchilik, biserchilik hamda issiqxona yo‘nalishlarida amaliy loyihalar tashkil etilgan. Ularga 20 nafardan ortiq tarbiyalanuvchi jalb qilingan.

👩‍👩‍👧‍👦 Mashg‘ulotlar davomida tarbiyalanuvchilar turli kasb va mehnat ko‘nikmalarini o‘zlashtirib, o‘z qobiliyatlarini namoyon etish imkoniga ega bo‘lmoqda.

✅ Asosiy maqsad — har bir tarbiyalanuvchining imkoniyatlarini yuzaga chiqarish, mustaqil hayotga tayyorlashdan iborat.

📝 telegram    💻 instagram  
📝 facebook   🐧 xcom
🎞 youtube     🎖 ihma.uz
👁 8.2 тыс. ❤ 5👍 4👏 3 ↻ 40 сегодня в 09:49