Men uchun bu yangi va juda qiziqarli tajriba. Har bir ayolning biznesi ortida o‘ziga xos bir hikoya bor: tavakkal qilib qaror qabul qilish, ilk qadamlar, qiyinchiliklar, yutuqlar, ba’zan esa atrofdagilarning tanqidi. Men sizlar ham bu hikoyalarni eshitishingizni, boshqa ayollarning tajribasidan o‘rganishingizni va muvaffaqiyatli biznes ortida qancha mehnat borligini ko‘rishingizni istayman.
Ayol bo‘lish — go‘zal. Ona bo‘lish — ulkan baxt ❤️
Ammo onalik, oila va o‘z biznesini birga olib borish — bu butunlay boshqa mas’uliyat. Bu yo‘l qancha kuch, bilim va jasorat talab qilishini yaxshi bilaman.
Moliya sohasida yillar davomida ishlab, bir narsani tushundim: ayolning o‘z moliyaviy tayanchi bo‘lishi juda muhim.
Ayol o‘z biznesini muvaffaqiyatli yuritishi, tinimsiz ishlashi va yaxshi daromad topishi mumkin. Lekin topgan pulining hammasi yana biznesga ketishi, shaxsiy pullari bilan biznes pullari aralashib ketishi, natijada esa o‘zining jamg‘armasi bo‘lmasligi mumkin.
Biznesning muvaffaqiyatli bo‘lishi hali uning egasi moliyaviy jihatdan mustaqil degani emas.
Menimcha, har bir ayol o‘z pulini qanday boshqarishni bilishi, byudjetini rejalashtirishi, pul yig‘ishi va asta-sekin o‘z kapitalini shakllantirishi kerak. Bu bilimlar nafaqat tadbirkor ayollarga, balki biror joyda ishlaydigan yoki oilasi bilan band bo‘lgan ayollarga ham kerak.
FINTELLECT akademiyamda aynan shu bilimlarni o‘rgataman.
Dasturimiz uchta bosqichdan iborat:
1️⃣ «Pul tili» — daromad va xarajatlarni boshqarish, qarzlar bilan ishlash va pul jamg‘arish.
2️⃣ «Noldan kapital» — moliyaviy maqsadlar qo‘yish, reja tuzish va kapital yig‘ish.
3️⃣ «Investor» — investitsion instrumentlar, risklar va investitsiya portfelini shakllantirish.
Yangi guruhimizdagi darslar allaqachon boshlangan, lekin shu hafta davomida hali qo‘shilishingiz mumkin 🔥
Bepul diagnostika uchun ariza qoldiring. Moliyaviy holatingizni birgalikda ko‘rib chiqamiz va keyingi qadamlaringizni belgilab olamiz⬇️
👉🏻 JOY BAND QILISH 👈🏻