Телеграм

WAYU Korea

@wayu_korea Эмиграция
РКН: проверяем Иноагент: проверяем
- O’zbekiston yoshlar umumjahon assotsiatsiyasi “Janubiy Korea filiali”

- World Association of Youth of Uzbekistan “South Korea branch”

- WAYU Korea ijtimoiy tarmoqlarda: https://taplink.cc/wayu_korea

Tel raqam: 01082563133

Статистика обновлена 14.11.2026 в 06:45 · 1 просмотр страницы · Хотите больше просмотров?

Подписчики6 883
Охват поста1 673 24% от подписчиков
ERR за месяц24,31%
ERR за 24 часа16,98%

Динамика за 30 дней

Рекламные публикации

Рекламных публикаций не найденоЗа последнее время мы не нашли на площадке ни одного рекламного поста.

Последние публикации

Все посты канала →
WAYU Korea tg6.9 тыс. подписчиков
Открыть пост ↗
#KoreaNews

기부 RUN — GANGNAMDA XAYRIYA MARAFONI: HAR 1 KM UCHUN 1 000 WON XAYRIYA

Yurgan yoki yugurgan har bir kilometringiz uchun nomingizdan 1 000 won xayriyaga ajratiladi va to'plangan mablag' Gangnam tumanidagi ehtiyojmand oilalarga beriladi! Ham sog'lig'ingizni mustahkamlang, ham ezgu ishga hissa qo'shing.

📅 Sana: 21-noyabr (Shanba), 09:00 — 12:00
📍 Manzil: 강남구 양재천 영동3교 아래 행사 무대
Masofa: 5 km yurish yoki 5 km yugurish (영동3교 dan 영동6교 gacha va qaytish)
Dastur: ochilish marosimi, xayriya yugurishi, konsert, ovqat va yutuqli lotereya
Narxi: bepul, 핑거푸드 (yengil taomlar) ham bepul
Ishtirokchilar: taxminan 200 kishi

⏰ Ariza: 15-noyabr (Yakshanba) gacha
🔗 https://forms.gle/cG7v6qaSHPWb4KU6A
Bog'lanish: 010-7707-9328

Instagram | Telegram | YouTube | Facebook | LinkedIn
👁 372 ❤ 5🔥 4👍 2 ↻ 3 сегодня в 00:51
WAYU Korea tg6.9 тыс. подписчиков
Открыть пост ↗
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Narbayeva Koreyadagi vatandoshlar bilan uchrashdi

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Narbayeva Koreya Respublikasiga rasmiy tashrifi doirasida ushbu mamlakatda yashayotgan, mehnat qilayotgan va tahsil olayotgan vatandoshlarimiz bilan samimiy muloqot o‘tkazdi.

Uchrashuvda WAYU Korea — Koreyadagi O‘zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi vakillari ham ishtirok etdi.

Muloqot davomida Koreyadagi yurtdoshlarimizning ta’lim olishi, mehnat sharoitlari, ijtimoiy himoyasi hamda xorijda orttirilgan bilim va tajribani O‘zbekiston taraqqiyotiga yo‘naltirish masalalari muhokama qilindi.

Senat Raisi vatandoshlarimiz tomonidan bildirilgan taklif va tashabbuslarning amaliy yechimiga parlament darajasida e’tibor qaratilishini ta’kidladi.

“Har bir vatandoshimiz O‘zbekistonning bir bo‘lagi. Ularning muvaffaqiyati bizning faxrimiz, tashvishlari esa bizning ham tashvishimiz”, — deya ta’kidladi Tanzila Narbayeva.

WAYU Korea xorijdagi yoshlarimiz manfaatlarini ilgari surish, ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda O‘zbekiston bilan aloqalarini yanada mustahkamlash yo‘lida o‘z faoliyatini davom ettiradi.

Instagram | Telegram | YouTube | Facebook | LinkedIn
👁 960 👍 6❤ 4❤‍🔥 1 ↻ 7 вчера в 10:47
WAYU Korea tg6.9 тыс. подписчиков
Открыть пост ↗
#KoreaNews

중앙대학교 (CHUNG-ANG UNIVERSITY) — CHET ELLIK TALABALAR UCHUN 2027-YIL BAHORGI QABUL, 2-BOSQICH

QS Osiyo reytingida 65-o’rinda turgan, Seuldagi universitetlar orasida chet ellik talabalar soni bo’yicha 2-o’rinda bo’lgan Chung-Ang universiteti 2027-yil mart semestri uchun bakalavriatga (신입학) va 2-3-kursga ko’chirish (편입) qabulini e’lon qildi.

⏰ Ariza: 16-noyabr 10:00 — 27-noyabr 18:00 (Koreya vaqti), online
Hujjatlar: shu muddatda pochta orqali yoki shaxsan
📅 Natijalar: 18-dekabr, darslar 2027-yil 2-martdan boshlanadi

서울캠퍼스 (Seul) yo’nalishlari:
Gumanitar: koreys tili va adabiyoti, 한국어교육·한국문화 (faqat chet elliklar talabalar uchun), ingliz, nemis, fransuz, rus, yapon va xitoy tillari, falsafa, tarix
Ijtimoiy: siyosatshunoslik va xalqaro munosabatlar, davlat boshqaruvi, psixologiya, ijtimoiy ish, media va kommunikatsiya, sotsiologiya, shaharsozlik va ko’chmas mulk
Tabiiy fanlar: fizika, kimyo, biologiya, matematika
Muhandislik: qurilish va atrof-muhit, shahar tizimlari, arxitektura, kimyo muhandisligi, mexanika, elektr va elektronika, 융합공학부 (yangi: nano-materiallar va biotibbiyot muhandisligi, TOPIK 5 talab qilinadi)
Dasturiy ta’minot, biznes boshqaruvi, iqtisod, amaliy statistika, 글로벌광고PR (faqat chet elliklar uchun), xalqaro logistika
게임융합학과: o’yin yaratish, darslar 100% ingliz tilida (TOEFL iBT 60 yoki IELTS 5.5)

다빈치캠퍼스 (Anseong) yo’nalishlari: hayvon va o’simlik biotexnologiyasi, oziq-ovqat texnologiyasi va ovqatlanish, dizayn, raqs, musiqa, an’anaviy san’at, TV va estrada, amaliy musiqa, o’yin kontenti va animatsiya, sport, san’at va texnologiya

Shartlar:
O’zi va ota-onasi chet el fuqarosi (Koreya fuqaroligi bilan ikki fuqarolik bo’lmasligi kerak)
Yangi qabul: maktabni bitirgan yoki bitirayotgan
2-kursga ko’chirish: 4 yillik universitetda kamida 1 yil o’qigan yoki kollej bitirgan, 3-kursga: kamida 2 yil o’qigan
- Masofaviy ta’lim, eksternat va 독학사 diplomlari qabul qilinmaydi

Koreys tili: TOPIK 4 va undan yuqori (dizayn va ayrim san’at yo’nalishlarida TOPIK 3), CAU til markazining 4-darajasi yoki Sejong instituti o’rta 2-bosqichi
- TOPIK yetmasa ham topshirish mumkin: 예비합격 (dastlabki qabul) beriladi, 2 yil ichida TOPIK 4 olib, xuddi shu yo’nalishga qayta topshirasiz

Tanlov: hujjatlar asosida (o’qish natijalari, til bilimi, faollik), san’at va sportda hujjatlar 50% va portfolio 50%. Bir vaqtda 2 ta yo’nalishga topshirish mumkin
Ariza to’lovi: 150 000 won (2-tanlov 60 000 won), san’at va sportda 200 000 won

🎓 Stipendiyalar:
Qabulda: TOPIK 6 bo’lsa o’qish haqi 100%, TOPIK 5 yoki CAU til markazi 5-darajasi 50%, CAU 4-darajasi yoki boshqa universitet til markazi 5-darajasi 30% chegirma
O’qish davomida: GPA 4.3 dan yuqori 100%, 4.0 dan 50%, 3.7 dan 30%, 3.2 dan 20%

O’qish narxi (semestr, 2026-yil): gumanitar, ijtimoiy va biznes 5 320 000 won, tabiiy fanlar 6 166 000 won, muhandislik va IT 6 993 000 won

O’zbekistondagilar uchun: Toshkent Koreys ta’lim markazi 17-noyabrgacha maslahat olishingiz mumkin: Tashkent city, Mirabad distr, Tallimarjon str, 3, 206-xona, +998(71) 291-8182

🔗 https://oias.cau.ac.kr
📞 +82-2-820-6575, ba@cau.ac.kr

Instagram | Telegram | YouTube | Facebook | LinkedIn
👁 1.2 тыс. ❤ 4👍 4🔥 1 ↻ 9 12 ноября