🔘 Bank xizmatlaridan foydalanişda iste’molçilarning huquq va manfaatlarini himoya qilişga alohida e’tibor qaratilmoqda. Kredit munosabatlarida ham qarz oluvçilarning manfaatlarini ta’minlaşga qaratilgan huquqiy kafolatlar mavjud.
Jumladan, kredit qarzini undiriş töğrisida sudning hal qiluv qarori çiqarilsa, qarorda körsatilgan undiriladigan summaga foiz va jarima (neustoyka) yoki penya hisoblaş töxtatiladi.
Oddiy qilib aytganda, bu summa keyinçalik unga yangi foiz, jarima yoki penya qöşilişi hisobiga ortib bormasligi kerak. Bu qoida Fuqarolik kodeksining 744-moddasi uçinçi qismida belgilangan.
🔘Markaziy bankning Bank nazorati qömitasi qarori bilan tijorat banklarining kuzatuv kengaşlari va boşqaruvlari zimmasiga mazkur talabga töliq rioya etilişini ta’minlaş vazifasi yuklatildi.
Banklarning içki audit xizmatlari quyidagi asosiy vazifalarni bajarişi lozim:2026-yil 10-dekabrgaça içki audit tekşiruvini ötkaziş. Sud qarori çiqarilgan kreditlar böyiça foiz va jarima (neustoyka) hisoblaş töxtatilganligini töliq tekşiriş hamda aniqlangan qoidabuzarliklarni bank kuzatuv kengaşi va boşqaruvi muhokamasiga kiritişi lozim.
Noqonuniy hisoblangan summalarni bekor qiliş va undirilgan mablağlarni qaytariş. Qonunga zid ravişda hisoblangan foiz va jarima (neustoyka) zudlik bilan bekor qilinişi hamda undirilgan mablağlar qisqa muddatda qarz oluvçilarga qaytarilişi zarur.
🔘Şuningdek, banklar boşqaruvlari amalga oşirilgan işlar va qaytarilgan mablağlar töğrisidagi batafsil hisobotni tasdiqlovçi hujjatlar bilan birga
2026-yil 25-dekabrgaça Markaziy bankka taqdim etişi lozim.
📩
Agar sizda ham şu kabi holat yuzaga kelgan bölsa, Markaziy bankning 71- 200 00 44 yoki 18 00 qisqa raqamli aloqa markaziga şunıngdek, «Bankda nima gap?» @tajriba_lab_bot botiga murojaat qiling.Read in English